Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Huquqiy targ'ibot sohaga mas'ul davlat organi tomonidan amalga oshiriladi


Huquqiy targ'ibot sohaga mas'ul davlat organi tomonidan amalga oshiriladi

 

Farmonga ko'ra, 2026-yil 1-martdan normativ-huquqiy hujjatlar matnlarini ijrochilarga yetkazish, ularning mohiyatini ijrochilar va aholiga tushuntirish ishlarini “Ijro.gov.uz” idoralararo yagona elektron ijro intizomi tizimi orqali nazorat qilish tartibi yo'lga qo'yiladi.

Bunda normativ-huquqiy hujjatlar matnlari “Ijro.gov.uz” tizimi va “Raqamli mahalla” platformasi orqali “respublika-viloyat-tuman-mahalla” tamoyili asosida davlat organlari va tashkilotlari hamda fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlariga yuboriladi.

Shuningdek, endilikda huquqiy targ'ibot ishlari sohaga mas'ul bo'lgan davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi. Ularning bu faoliyati Adliya vazirligi tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimida Huquqiy axborotni tarqatish kartotekasi orqali nazorat qilib boriladi.

Kartotekada Adliya vazirligi tomonidan normativ-huquqiy hujjat daxl qiladigan subyektlar toifasi, ularga huquqiy axborotni yetkazish usullari hamda targ'ibotni tashkil qilishga mas'ul davlat organlari va tashkilotlari belgilanadi.

Bundan tashqari, internetdagi ommabop platformalarda huquqiy axborotni ijtimoiy tarmoqlar orqali yetkazish qamrovini oshirish maqsadida “Adliya TV” sahifasi ishga tushiriladi.

Bo’ka tumani adliya bo’limi

YXKM boshlig’i      

Niyozov Abdurasul