Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimi samaradorligi oshiriladi


Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimi samaradorligi oshiriladi

 

“Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimi samaradorligini oshirishga doir chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF–163-son, 10.09.2025-y.) qabul qilindi.

Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirishning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

yoshlar muammolari bilan individual va manzilli ishlash orqali yoshlar yetakchilari faoliyati samaradorligini oshirish;

yoshlarning kasbiy qiziqishlarini barvaqt aniqlash orqali mehnat bozoriga raqobatbardosh kadr sifatida kirib borishini ta'minlash.

Farmonga ko'ra, quyidagilar mahallalardagi yoshlar yetakchilarining asosiy vazifalari etib belgilandi, jumladan:

yoshlarning o'ziga bo'lgan ishonchini oshirish, jamiyat uchun foydali loyihalarni mahalla darajasida amalga oshirish;

yoshlarning iqtidorini ro'yobga chiqarishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish, “Besh tashabbus olimpiadasi”ni yoshlar o'rtasida keng targ'ib qilish;

mehnat bozoriga kirib kelayotgan yoshlarning tadbirkorlik ko'nikmalarini kuchaytirish orqali bandligiga ko'maklashish;

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga ko'rsatiladigan yordamning ijtimoiy hamkorlik tamoyiliga asoslanishini ta'minlash.

Ushbu asosiy vazifalarga bog'liq bo'lmagan boshqa vazifa va topshiriqlarni yoshlar yetakchilari zimmasiga yuklash taqiqlanadi.

Bo’ka tumani adliya bo’limi

YXKM bosh yuriskonsulti

Abdug’apparov Abbos