Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Retsept bilan beriladigan dorilarni elektron retsept asosida tayinlash tartibi belgilandi


 

Retsept bilan beriladigan dorilarni elektron retsept asosida tayinlash tartibi belgilandi

 

Hukumat qarori (570-son, 08.09.2025-y.) bilan “Tibbiyot tashkilotlarida resept bilan beriladigan dori vositalarini elektron resept asosida tayinlash tartibi to'g'risida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko'ra, elektron retsept asosida tayinlanadigan dori vositalari O'zbekistonda ro'yxatdan o'tgan bo'lishi kerak.

Tibbiyot xodimlari tomonidan bemor ma'lumotlari tibbiyot tashkilotida joriy qilingan tibbiy axborot tizimiga kiritiladi hamda avtomatik tarzda “Elektron tibbiy karta” moduliga uzatiladi.

Bemorga dori vositalari mazkur tibbiy axborot tizimida elektron retsept rasmiylashtirish orqali tayinlanadi

Resept davolovchi shifokor tomonidan elektron tasdiqlash usullarida tasdiqlanib, QR kod avtomatik tarzda qo'yiladi. Bunda elektron reseptga oid zarur ma'lumotlar avtomatik tartibda “Elektron retsept” moduliga uzatiladi.

Shifokorlarga o'zlari tomonidan bemorga elektron resept asosida tayinlangan va chakana realizatsiya qilingan dori vositalari harakatini kuzatib borish imkoniyati yaratiladi.

Elektron retseptga oid barcha ma'lumotlar bemorning elektron tibbiy kartasida avtomatik qayd etib boriladi.

Bo’ka tumani adliya bo’limi

YXKM bosh yuriskonsulti

Tojiqulova   Nazokat