Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Ta'lim sifatini ta'minlash milliy agentligi faoliyati tartibga solindi


Ta'lim sifatini ta'minlash milliy agentligi faoliyati tartibga solindi

 

Prezident qarori (PQ–275-son, 08.09.2025-y.) bilan “O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Ta'lim sifatini ta'minlash milliy agentligi to'g'risida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizom Ta'lim sifatini ta'minlash milliy agentligi maqomi, vazifa va funksiyalari, vakolatlari, huquq va majburiyatlari, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.

Agentlik o'rta maxsus, kasbiy, oliy va oliy ta'limdan keyingi ta'lim, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, malakalarni baholash sohalarida tashqi sifat nazoratini amalga oshiruvchi maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.

Agentlikning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi, jumladan:

ta'lim tashkilotlarida ichki sifat nazorati mezonlari va tartiblarini takomillashtirish hamda samarali amalga oshirish yuzasidan uslubiy tavsiyalar berish;

ta'lim tashkilotlarida ta'lim sifatini ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligini o'rganish yuzasidan ilmiy va amaliy tadqiqotlarni olib borish hamda so'rovnomalar o'tkazish.

Agentlik tuzilmasiga Agentlikning markaziy apparati hamda Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti kiradi.

Bo’ka tumani adliya bo’limi

YXKM bosh yuriskonsulti

Jamolov Samandar