Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Iqtisodiy masalalarga oid ishni koʻrishda sudyaning takror ishtirok etishiga yoʻl qo’yiladimi?


Iqtisodiy masalalarga oid ishni koʻrishda sudyaning takror ishtirok etishiga yoʻl qo’yiladimi?

O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiy Protsessual kodeksining 19-moddasiga asosan, Ishni birinchi instansiya sudida koʻrishda ishtirok etgan sudya, agar sudning hal qiluv qarori apellyatsiya yoki kassatsiya yoxud taftish instansiyasi sudi tomonidan bekor qilingan boʻlsa, shu ishni birinchi instansiya sudida yangidan koʻrishda ishtirok eta olmaydi, bundan yangi ochilgan holatlar boʻyicha ishlarni koʻrish hollari mustasno. Ishni birinchi instansiya sudida koʻrishda ishtirok etgan sudya shu ishni apellyatsiya yoki kassatsiya yoxud taftish instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok eta olmaydi. Ishni apellyatsiya instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi instansiya yoki kassatsiya yoxud taftish instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok eta olmaydi, shuningdek, ishni kassatsiya instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi instansiya yoki apellyatsiya yoxud taftish instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok eta olmaydi.

Ishni taftish instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida koʻrishda, shuningdek ishni yuqori instansiya sudida taftish tartibida qayta koʻrishda ishtirok eta olmaydi.

 

 

 

Parkent tuman adliya bo’limi,

yuridik xizmat ko’rsatish markazi                                                 S.X.Bo’riyev

bosh yuristkonsulti