Янгиликлар
O'qish va xalqaro imtihon tizimlari bo'yicha imtihon topshirish xarajatlarini qoplab berish tartibi qanday?
O'qish va xalqaro imtihon tizimlari bo'yicha imtihon topshirish
xarajatlarini qoplab berish tartibi qanday?
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 13-apreldagi “Xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha yuqori ball (daraja) toʻplagan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini toʻliq qoplab berish tartibini joriy etish toʻgʻrisida” qarori bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentga asosan, ariza beruvchining imtihon uchun kompensatsiya soʻrab qilgan murojaatiga asosan davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchining imtihon uchun kompensatsiya soʻrab qilgan nomidan, YIDXP orqali murojaat qilinganda esa ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq davlat xizmatidan foydalanish uchun soʻrovnomani elektron tarzda toʻldiradi va quyidagi hujjatlarni elektron tarzda ilova qiladi:
a) imtihon topshirish xarajati toʻlanganini tasdiqlovchi toʻlov kvitansiyasi (pdf formatda);
b) maxsus sertifikat (pdf formatda);
Ariza beruvchidan ushbu bandda koʻrsatilmagan maʼlumot va hujjatlarni talab qilish qatʼiyan taqiqlanadi.
Taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlarning xaqqoniyligiga ariza beruvchi masʼul hisoblanadi.
v) oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxs nomiga berilgan sertifikat boʻyicha kompensatsiya toʻlash haqidagi ariza beradi.
O‘rta Chirchiq tumani adliya bo‘limi
Davlat xizmatlari markazi direktori M. Sultanov