Янгиликлар
Ta‘lim hujjatlarini nostrifikatsiyalash tartibi qanday?
Ta‘lim hujjatlarini nostrifikatsiyalash tartibi qanday?
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyuldagi Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish tartibini takomillashtirish haqidagi 620-son qarori bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentga asosan, xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish uchun talabgorlar tomonidan bevosita davlat xizmatlari markazlari orqali yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida roʻyxatdan oʻtgan holda murojaat qilinadi.
Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilinganda talabgor nomidan davlat xizmatlari markazi xodimi, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilinganda esa talabgorning oʻzi mustaqil ravishda xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish haqidagi soʻrovnomani toʻldiradi.
Davlat xizmatlari markazi xodimi yoki talabgor tomonidan soʻrovnomada talabgorning elektron manzili qayd etilishi xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish boʻyicha hududiy boshqarmalar yoki Davlat inspeksiyasining qabul qilgan qarori haqida elektron shaklda maʼlumot olishga boʻlgan roziligi hisoblanadi.
Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish uchun soʻrovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjat va unga ilovaning skaner qilinib, pdf formatida saqlangan nusxasi;
xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjat va unga ilovaning Oʻzbekiston Respublikasi davlat tiliga tarjima qilingan notarial tasdiqlangan hamda skaner qilinib, pdf formatida saqlangan nusxasi.
Davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat qilinganda talabgorning shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjat va unga ilovaning asl nusxasi Oʻzbekiston Respublikasi davlat tiliga tarjima qilingan notarial tasdiqlangan nusxasi bilan birga davlat xizmatlari markazi xodimiga taqdim etiladi.
Notoʻgʻri yoki qalbaki maʼlumotlar taqdim etilganligi aniqlangan har qanday bosqichda xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatni tan olish jarayoni toʻxtatiladi, topshirilgan hujjatlar va toʻlangan yigʻim qaytarilmaydi.
Hududiy boshqarmalar komissiyalari tomonidan bir ish kunida hujjatlar oʻrganib chiqilib, xorijiy davlatdagi umumiy oʻrta taʼlim muddati 9 yildan kam boʻlmasa hamda oʻrta taʼlim muddati 11 yildan kam boʻlmasa, xorijiy davlatlarda umumiy oʻrta va oʻrta taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish haqida xulosa tayyorlanadi.
Xorijiy davlatlarda umumiy oʻrta va oʻrta taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlar tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasidagi umumiy oʻrta yoki oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarga tenglashtirilgan holda tan olinadi.
Hududiy boshqarmalar komissiyalarining xulosalariga koʻra hududiy boshqarmalar rahbarlari tomonidan bir ish kunida xorijiy davlatlarda umumiy oʻrta va oʻrta taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish haqida buyruq chiqariladi.
O‘rta Chirchiq tumani adliya bo‘limi
Davlat xizmatlari markazi direktori M. Sultanov