Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

O‘zbekistonda 2025 yil 1 yanvardan nogironligi bo‘lgan ishchilar uchun ijtimoiy soliq 1 foiz etib belgilanadi.


O‘zbekistonda 2025 yil 1 yanvardan nogironligi bo‘lgan ishchilar uchun ijtimoiy soliq 1 foiz etib belgilanadi.

Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, joriy yilda tadbirkorlar 40 ming nogironligi borlarni ishga olgan.“Buni yanada kengaytirish maqsadida 1 yanvardan nogironligi bo‘lgan ishchilar uchun ijtimoiy soliq 1 foiz etib belgilanadi. Korxonalarga surdotarjimon, psixolog va ko‘zi ojizlar uchun hamrohlik xizmati xarajati uchun 50 million so‘mgacha subsidiya ajratiladi”, deyiladi manba xabarida.
Shu bilan birga, majlisda nogironligi borlarga beriladigan protez va reabilitatsiya vositalari ro‘yxati 18 tadan 30 taga, mablag‘i esa 1,5 barobarga oshirilgani aytilgan. Buning evaziga yil boshidan 100 ming odamni ehtiyoji ta’minlangan. Endi ro‘yxatga yana 7 turdagi vositalar qo‘shilishi belgilanmoqda.
Yig‘ilishda Ijtimoiy xizmat agentligiga viloyat hokimlari bilan birgalikda 2025 yilda 80 ming muhtoj odamga zarur protez vositalarini yetkazib berish topshirildi.
“Soliq kodeksi”da yozilishicha, ijtimoiy soliq tadbirkorlik sub’yektlari, xorijiy yuridik shaxslar vakolatxonalari hamda jismoniy shaxslarning ayrim toifalari mablag‘laridan har oy undiriladi. Ish beruvchining xodimlar mehnatiga haq to‘lashga doir xarajatlari ijtimoiy soliqning soliq solish ob’yekti hisoblanadi. Bugungi kunda ijtimoiy soliq stavkasi 12 foizni tashkil etadi. Mazkur soliq tushumlari pensiyalar uchun yo‘naltiriladi.
“Daryo” muxbiri Soliq qo‘mitasi bilan bog‘lanib, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun imtiyoz haqida ma’lumot oldi. Qo‘mitaning ma’lum qilishicha, bunday shaxslar uchun ijtimoiy soliq stavkasining 1 foizga tushirilsa, ular uchun alohida hisob yuritiladi. Lekin korxonaga umumiy soliq stavkasi o‘zgarmaydi. Masalan, korxona o‘tgan safar 10 million so‘m ijtimoiy soliq to‘ladi. Mazkur soliq stavkasi nogironligi borlar uchun pasaytirilsa, korxona to‘laydigan ijtimoiy soliq miqdori nogironlar soniga qarab o‘zgaradi. Misol uchun, korxonaning 5 nafar nogiron xodimi bo‘lsa, aynan ularga 10 million so‘mdan chegirma qilinadi.

O‘rtaChirchiq tumani Adliya bo‘limi
YUXKM bosh yuristkonsulti A.Ibragimov.