Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Xodimni ishga qabul qilishda sinov muddatini qo‘llash


Xodimni ishga qabul qilishda sinov muddatini qo‘llash

Haqiqatan ham xodimning mehnat shartnomasiga ishga kirishda dastlabki sinov haqidagi shartni kiritish mumkin – 3 oy muddatgacha (tashkilot rahbarlari, ularning o‘rinbosarlari, bosh buxgalterlar va alohida bo‘linma rahbarlari uchun – 6 oygacha).

Bunday shart ish beruvchiga yangi kelgan xodimning topshirilayotgan ishni qanday uddalashini tekshirishga, xodimning o‘ziga esa ushbu tashkilotda ishlashni davom ettirish maqsadga muvofiq kelish-kelmasligi to‘g‘risida qaror qabul qilishga imkon beradi MK 129-m.. Dastlabki sinovning «jozibadorligi» shundaki, xodim ham, ish beruvchi ham mehnat shartnomasini sinov muddati tugashidan oldin soddalashtirilgan tartibda – boshqa tarafni kamida uch kun avval   ogohlantirish orqali bekor qilish huquqiga ega. Xodim buni sabablarini tushuntirmasdan qilishi mumkin, ish beruvchi esa mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi buyruqda xodimni sinovdan o‘tmagan deb e’tirof etish uchun asos bo‘lgan sabablarni ko‘rsatib, o‘z qarorini asoslashiga to‘g‘ri keladi.

Lekin eng avvalo «yangi xodim»ga sinov muddatini belgilashga haqlimisiz-yo‘qmi, tekshiring. Dastlabki sinov taqiqlangan xodimlarning ayrim toifalari mavjud. Bular:

  • homilador ayollar hamda uch yoshga to‘lmagan bolasi bor ayol yoki uch yoshga to‘lmagan bolani yolg‘iz o‘zi tarbiyalayotgan ota (vasiy);
  • zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlariga ishga joylashtirish uchun yuborilgan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalaridan bo‘lgan shaxslar O‘zR VM 05.12.2017 y. 965-son qaroriga 1-ilova 3-b.;
  • davlat grantlari asosida o‘qigan va oliy ta’lim tashkilotini tamomlagan kundan e’tiboran uch oy ichida yo‘llanma bo‘yicha olingan mutaxassisligiga doir ishga kirayotgan oliy ta’lim tashkilotlarining bitiruvchilari;
  • tegishli ta’lim tashkilotini tamomlagan kundan e’tiboran bir yil ichida birinchi bor ishga kirayotganda olingan mutaxassisligi bo‘yicha mustaqil ravishda ishga joylashayotgan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tashkilotlarining bitiruvchilari;
  • o‘zi bilan olti oygacha muddatga mehnat shartnomasi tuzilayotgan xodimlar;
  • o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar;
  • ishga qaytadan qabul qilingan taqdirda ish beruvchi ilgari qaysi xodimlar bilan mehnat shartnomasini alohida asoslar bo‘yicha bekor qilgan bo‘lsa, o‘sha shaxslar MK 102-m.;
  • ishlab chiqarishda o‘qitish shartnomasi bo‘yicha ushbu ish beruvchida o‘qishni o‘tagan o‘quvchilar;
  • jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida va ish beruvchining ichki hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa xodimlar.

O‘rtaChirchiq tumani Adliya bo‘limi

YUXKM bosh yuristkonsulti A.Ibragimov.