Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Xodimni sinov davrida «rasmiylashtirish» kerakmi


Xodimni sinov davrida «rasmiylashtirish» kerakmi

Ba’zi ish beruvchilar sinov muddati tugaguniga qadar xodim bilan mehnat shartnomasini tuzmaslik mumkin deb hisoblashadi. Axir sinov natijalari xodimning foydasiga bo‘lmasligi mumkin va  u bilan baribir xayrlashishga to‘g‘ri keladi. Bu tubdan noto‘g‘ri yondashuv bo‘lib, mehnat qonunchiligini buzish sanaladi. Siz xodimni ishga sinov muddati bilan yoki sinov muddatisiz qabul qilishingizdan qat’i nazar, u bilan mehnat shartnomasini tuzishingiz shart MK 103-m.. Ammo siz buni qilmagan bo‘lsangiz ham, xodim ishga qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxs tomonidan yoxud uning ruxsati bilan haqiqatda ishga qo‘yilgan bo‘lsa, bu mehnat shartnomasini tuzish deb hisoblanadi MK 128-m.. Bunday holda ish beruvchi ish boshlangan vaqtdan boshlab uch kun ichida mehnat shartnomasini yozma ravishda rasmiylashtirishi shart. Tuzilgan mehnat shartnomasi asosida ishga qabul qilish haqida buyruq chiqariladi.

Bundan tashqari, Mehnat kodeksi ish beruvchini tashkilotda besh kundan ortiq ishlagan barcha xodimlar uchun mehnat daftarchalarini yuritishga majbur qiladi.

Elektron mehnat daftarchasi mehnat shartnomasi my.mehnat.uz saytida ro‘yxatdan o‘tkazilganda avtomatik rejimda «Yagona milliy mehnat tizimi» («YAMMT» IDAK) idoralararo apparat-dasturiy kompleksida shakllantiriladi.  Agar xodimda qog‘oz mehnat daftarchasi bo‘lsa, ish beruvchi uni ishga qabul qilishda olishi hamda Mehnat daftarchalarini yuritish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga muvofiq elektron mehnat daftarchasi bilan parallel ravishda yuritishi shart.

Shunday qilib, xodimni sinov muddati bilan my.mehnat.uz saytida ro‘yxatdan o‘tkazish va u sizda besh kundan ortiq ishlagan bo‘lsa qog‘oz mehnat daftarchaga (mavjud bo‘lgan taqdirda) ishga qabul qilinganligi to‘g‘risida yozuv kiritish zarur.

Agar ish beruvchi xodimni sinov muddatida belgilanganidek rasmiylashtirmasa, mehnat inspeksiyasi uni BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha jarima solish bilan ma’muriy javobgarlikka tortishi mumkin MJTK 49-m.. Ma’muriy jazo qo‘llanilgandan keyin bir yil ichida qayta sodir etilgan xuddi shu huquqbuzarlik BHMning 10 baravar

 

O‘rtaChirchiq tumani Adliya bo‘limi
YUXKM bosh yuristkonsulti                                                     A.Ibragimov.