Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Dastlabki sinov davrida xodimga mukofotlar, qo‘shimcha to‘lovlar va ustamalarni to‘lamaslik mumkinmi


Dastlabki sinov davrida xodimga mukofotlar, qo‘shimcha to‘lovlar va ustamalarni to‘lamaslik mumkinmi

Xodimga sinov muddatida bunday to‘lovlarni amalga oshirish yoki oshirmaslik masalasi ularning tabiatiga bog‘liq.  Mehnatga haq  to‘lash tizimi bilan nazarda tutilgan mukofot.  Bu xodimni oldindan belgilangan ko‘rsatkichlar va shartlarga erishishga undash uchun ish haqi tarkibiga kiradigan va xodimga asosiy lavozim maoshidan (tarif stavkasi) ortiqcha to‘lanadigan pul mukofotidir MK 252-m. 2-q.. Ya’ni, o‘z-o‘zidan sinov muddati to‘g‘risidagi shart, agar xodim belgilangan ko‘rsatkichlarni bajarsa (masalan, kunlik, haftalik rejani bajarsa) hamda u yoki bu shartlarga javob bersa, bunday mukofotlarni to‘lamaslik uchun sabab bo‘lmaydi. Ammo, aytaylik, mukofot ushbu tashkilotdagi ish stajiga bog‘liq bo‘lsa, sinov muddati belgilangan yoki belgilanmaganligidan qat’i nazar, xodim hali tegishli ish stajiga ega emasligi sababli, u mukofot olmaydi. Bunday mukofotlarni to‘lashning o‘ziga xos mexanizmi va shartlari tashkilotning ichki hujjati: jamoa shartnomasi, mukofotlash to‘g‘risidagi Nizom va boshqalar bilan mustahkamlab qo‘yilishi kerak. Mehnatga haq to‘lash tizimida nazarda tutilmagan rag‘batlantiruvchi mukofot. Bu bir martalik xususiyatga ega bo‘lgan pul mukofotidir.

 

O‘rtaChirchiq tumani Adliya bo‘limi
YUXKM bosh yuristkonsulti A.Ibragimov.