Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Nogironligi bor shaxslarga qanday soliq imtiyozlari mavjud?


Nogironligi bor shaxslarga qanday soliq imtiyozlari mavjud?

Soliq qonunchiligida nogironligi bo‘lgan shaxslarni hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar mehnatidan foydalanadigan korxonalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida bir qator soliq imtiyozlari belgilangan.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 158-moddasiga muvofiq, ishlovchilari umumiy sonining 3 foizidan ko‘prog‘ini nogironlar tashkil etgan yuridik shaxslar uchun yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i summasi ushbu qismda belgilangan normadan ortiq ishga joylashtirilgan nogironlarning har bir foiziga yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining summasi bir foiz kamaytiriladigan hisob-kitob asosida kamaytiriladi;

·         yuridik shaxslar protez-ortopediya buyumlari, nogironlar uchun inventarlar ishlab chiqarishdan, shuningdek nogironlarga ortopedik protezlash xizmati ko‘rsatishdan, nogironlar uchun mo‘ljallangan protez-ortopediya buyumlari va inventarlarni ta’mirlash hamda ularga xizmat ko‘rsatishdan olingan foydasi yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini to‘lashdan ozod qilinadi.

     179-moddasiga muvofiq, yuridik shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan sanatoriy-kurort va sog‘lomlashtirish muassasalariga yo‘llanmalar qiymatini nogironlarga, shu jumladan mazkur korxonada ishlamaydigan nogironlarga to‘liq yoki qisman qoplash summalariga soliq solinmaydi;

·         180-moddasiga muvofiq, bolalikdan nogiron bo‘lib qolganlar, shuningdek I va II guruh nogironlari soliq solishdan qisman (daromad olingan har bir oy uchun eng kam ish haqining to‘rt baravari miqdoridagi daromadlar bo‘yicha) ozod qilinadi.

          275-moddasiga binoan, I va II guruh nogironlarining mulkida bo‘lgan mol-mulkka qonun hujjatlarida belgilangan soliq solinmaydigan maydon o‘lchami doirasida (60 kv.m hajmida) jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq solinmaydi;

         282-moddasiga muvofiq, nogironlarning jamoat birlashmalari, "Nuroniy" jamg‘armasi va "O‘zbekiston chernobilchilari" assosiatsiyasi mulkida bo‘lgan, ishlovchilari umumiy sonining kamida 50 foizini nogironlar, 

·         1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari tashkil qilgan yuridik shaxslar yer solig‘ini to‘lashdan ozod qilinadi, bundan savdo, vositachilik, ta’minot-sotish va tayyorlov faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar mustasno;

      290-moddasiga muvofiq, I va II guruh nogironlari yer solig‘idan ozod qilinadilar;

      311-moddasiga muvofiq, I va II guruh nogironi bo‘lgan shaxslar uchun esa yagona ijtimoiy to‘lovning miqdori uning belgilangan eng kam miqdorining kamida 50 foizi miqdorida o‘rnatiladi;

      324-moddasiga muvofiq, ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan qo‘l bilan boshqarishga moslashtirilgan yengil avtomobilni va (yoki) motoaravachani oluvchi barcha guruhlardagi nogironlar avtotransport vositalarini olish va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirish uchun yig‘imni to‘lashdan ozod qilinadilar;

      358-moddasiga muvofiq, yagona soliq to‘lovini to‘lashdan nogironlarning jamoat birlashmalari, “Nuroniy” jamg‘armasi va “O‘zbekiston chernobilchilari” assosiatsiyasi mulkida bo‘lgan, ishlovchilari umumiy sonining kamida 50 foizini nogironlar, 1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari tashkil etadigan yuridik shaxslar ozod qilinadi, bundan savdo, vositachilik, ta’minot-sotish va tayyorlov faoliyati hamda lotereyalar tashkil etish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar mustasno. 

O‘rtaChirchiq tumani Adliya bo‘limi
YUXKM bosh yuristkonsulti A.Ibragimov.