Янгиликлар
6 oy o‘tmasdan ta’til beriladigan xodimlar toifalari
6 oy o‘tmasdan ta’til beriladigan xodimlar toifalari
ayollarga — homiladorlik va tug‘ish ta’tili oldidan yoki undan keyin;
I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga;
18 yoshga to‘lmagan shaxslarga;
muddatli harbiy xizmatdan rezervga bo‘shatilgan va ishga joylashgan harbiy xizmatchilarga;
o‘rindoshlik asosida ishlayotganlarga — asosiy ish joyidagi ta’til bilan bir vaqtda, o‘rindoshlik asosida ishlagan vaqtiga mutanosib ravishda haq to‘lagan holda;
ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim muassasalarida (umumiy ta’lim maktablarida, oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar o‘quv yurtlarida, kadrlarning malakasini oshirish, ularni tayyorlash va qayta tayyorlash institutlari va kurslarida) o‘qiyotganlarga;
texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ishlar xususiyati o‘zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan ishdan ozod etilgan xodimlarga.