Янгиликлар
Pedagoglar sud jarayonida davlat bojidan ozod etiladi!
Pedagoglar sud jarayonida davlat bojidan ozod etiladi!
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 52-moddasida o‘qituvchining mehnati jamiyat va davlat taraqqiyoti, sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash hamda xalqning ma’naviy-madaniy salohiyatini boyitishning asosi sifatida e’tirof etiladi.
“Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra pedagoglar quyidagi hollarda boj to‘lashdan ozod qilinadi:
8-modda 5¹²-band – fuqarolik sudlarida kasbiy faoliyati davomida sha’ni, qadr-qimmati yoki ishchanlik obro‘sini himoya qilish bo‘yicha ishlar;
10-modda 19-band – ma’muriy sudlarda pedagog huquqlarini buzgan davlat organlari yoki mansabdor shaxslarning noqonuniy qaror va harakatlariga (yoki harakatsizligiga) shikoyat qilish.
O`rta Chirchiq tumani adliya bo`limi,
Yuridik xizmat ko`rsatish markazi
boshlig`i A.Mirzayev