Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Qonunchilikka ko'ra, joylarda aholi muammolarini hal qilishga qaratilgan "Xalq nazorati" platformasi ishga tushirilgan.


Qonunchilikka ko'ra, joylarda aholi muammolarini hal qilishga qaratilgan "Xalq nazorati" platformasi ishga tushirilgan.

Xabarlar internet tarmog'idagi xalqnazorati.uz, 1055.uz manzili, shuningdek, platformaning mobil ilovasi orqali yuborilishi mumkin.

Aholi tomonidan qurilish, uy-joy kommunal xizmat, suv, kanalizasiya, isitish tizimi, elektr va boshqa muhandislik ta'minoti, transport va yo'l, shuningdek, hudud infratuzilmasida mavjud muammolar yuzasidan platformaga yuborilgan xabarlar vakolatli organlar tomonidan ko'rib chiqiladi.

Bunda, xabar beruvchilar:

shaxsini tasdiqlovchi hujjat ma'lumotlari va telefon raqamini kiritgan holda platformada ro'yxatdan o'tadi;

platformada aniqlangan muammoga mos keluvchi xabar mavzulari tasniflagichini tanlab o'z shaxsiy kabineti orqali muammoni tavsiflovchi ma'lumotlarni shakllantiradi;

muammoning manzili va geolokasiyasini belgilagan holda xabarni yuboradi.

O`rta Chirchiq tumani adliya bo`limi,

Yuridik xizmat ko`rsatish markazi

boshlig`i  A.Mirzayev