Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Yoshlarga 15-maydan boshlab "Work and travel" dasturida qatnashish uchun ssuda (qarz) ajratiladi.


Yoshlarga 15-maydan boshlab "Work and travel" dasturida qatnashish uchun ssuda (qarz) ajratiladi.

 

Bu bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.

Ssuda kimlarga beriladi?

16 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan;

O‘zbekistondagi oliy ta’lim tashkilotining kunduzgi, kechki (smenali) yoki sirtqi (maxsus sirtqi) ta’lim shakli bo‘yicha tahsil olayotgan (bitiruvchi kurs talabalari bundan mustasno) O‘zbekiston fuqarolari;

O‘zbekistonda doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan jismoniy shaxslar

Necha kishiga va qancha miqdorda ssuda ajratiladi?

 

Har yili 2 ming nafargacha talaba yoshlarga bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravari (15 mln so‘m) miqdorida ssuda ajratiladi.

Mablag‘lar talabalar tomonidan dasturda ishtirok etish uchun borish va kelish aviachiptasi sotib olishga ishlatiladi.

Ssuda olish uchun ariza qanday yuboriladi?

Ssuda ajratish haqidagi arizalar Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi.

Ssuda qancha muddatda qaytariladi?

Talaba yoshlar ajratilgan ssudani ishlash va sayohat qilish huquqini tasdiqlovchi vizada qayd etilgan xorijiy davlatda bo‘lishning so‘nggi sanasidan boshlab 1 oy muddatda Yoshlar ishlari agentligiga to‘liq qaytarish majburiyatini oladi.

O`rta Chirchiq tumani adliya bo`limi,

Yuridik xizmat ko`rsatish markazi

boshlig`i A.Mirzayev