Янгиликлар
Iqtisodiy masalalarga oid ishda bir necha daʼvogar va javobgarning ishtirok etishi mumkinmi?
Iqtisodiy masalalarga oid ishda bir necha daʼvogar va javobgarning ishtirok etishi mumkinmi?
O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiy Protsessual kodeksining 44-moddasiga asosan, daʼvo bir necha daʼvogar (sherik daʼvogarlar) tomonidan birgalikda yoki bir necha javobgarga (sherik javobgarlarga) nisbatan taqdim etilishi mumkin. Daʼvogarlar va javobgarlarning har biri boshqa tarafga nisbatan sud protsessida mustaqil ishtirok etadi shuningdek, protsessda birgalikda ishtirok etuvchilar ishni olib borishni sherik ishtirokchilardan biriga topshirishi mumkin.
Boshqa javobgarning ishtirokisiz ishni koʻrish mumkin boʻlmagan taqdirda, birinchi instansiya sudi hal qiluv qarori qabul qilinguniga qadar daʼvogarning (daʼvogarlarning) roziligi bilan oʻsha javobgarni (javobgarlarni) ishda ishtirok etish uchun jalb etadi.
Parkent tuman adliya bo’limi,
yuridik xizmat ko’rsatish markazi M.M.Payziyev
bosh yuristkonsulti