Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Iqtisodiy masalalarga oid ishda sud xarajatlari qay tartibda taqsimlanadi?


Iqtisodiy masalalarga oid  ishda  sud xarajatlari qay tartibda taqsimlanadi?

O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiy Protsessual kodeksining 118-moddasiga asosan, sud xarajatlari ishda ishtirok etuvchi shaxslarning qanoatlantirilgan daʼvo talablari miqdoriga mutanosib ravishda ularning zimmasiga yuklatiladi. Hal qiluv qarori oʻz foydasiga chiqarilgan tarafga ish boʻyicha qilingan barcha sud xarajatlarining oʻrni, garchi boshqa taraf davlat bojini toʻlashdan ozod etilgan boʻlsa ham ushbu boshqa taraf hisobidan qoplanadi. Daʼvogar toʻlashdan belgilangan tartibda ozod qilingan davlat boji, agar javobgar boj toʻlashdan ozod qilinmagan boʻlsa, qanoatlantirilgan daʼvo talablari miqdoriga mutanosib ravishda javobgardan respublika budjeti daromadiga undiriladi.

Agar ish ishda ishtirok etuvchi shaxs tomonidan mazkur toifadagi nizolar uchun qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan nizoni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibini buzish (talabnomani javobsiz qoldirish, talab qilingan hujjatlarni joʻnatmaslik) oqibatida yuzaga kelgan boʻlsa, sud ishning natijasidan qatʼi nazar, sud xarajatlarini shu shaxsning zimmasiga yuklatishga haqli. Daʼvogarning talablari u sudga murojaat qilganidan soʻng javobgar tomonidan ixtiyoriy ravishda qanoatlantirilsa, sud xarajatlari javobgarning zimmasiga yuklatiladi.

Agar daʼvogar tomonidan bildirilgan neustoykani undirish haqidagi talab asosli boʻlib, biroq uning miqdori qonunchilikda belgilangan huquqdan foydalanilgan holda sud tomonidan kamaytirilgan boʻlsa, sud xarajatlarining kamaytirilishi hisobga olinmagan holda undirilishi lozim boʻlgan neustoyka summasidan kelib chiqqan holda, sud xarajatlari javobgarning zimmasiga yuklatilishi lozim. Davlat boji toʻlashdan ozod qilingan davlat organlari hamda boshqa shaxslar tomonidan yuridik shaxslar va fuqarolarning manfaatlarini koʻzlab taqdim etilgan daʼvo talablarini qanoatlantirish rad etilgan yoki ular qisman qanoatlantirilgan taqdirda, davlat boji manfaatlari koʻzlanib daʼvo taqdim etilgan shaxslardan daʼvo talablarining qanoatlantirilishi rad etilgan qismiga mutanosib ravishda undiriladi.

Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning sud xarajatlarini taqsimlash toʻgʻrisidagi kelishuviga koʻra, sud ushbu kelishuvga muvofiq hal qiluv qarorini qabul qiladi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning apellyatsiya, kassatsiya va taftish shikoyati berish bilan bogʻliq holda qilgan sud xarajatlari ushbu moddada bayon etilgan qoidalarga muvofiq taqsimlanadi.

 

Parkent tuman adliya bo’limi,

yuridik xizmat ko’rsatish markazi                                        M.M.Payziyev

bosh yuristkonsulti