Янгиликлар
Oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan shaxslar o’rindoshlik asosida ishlashi mumkinmi?
Oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan shaxslar o’rindoshlik asosida ishlashi mumkinmi?
O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 433-moddasiga ko’ra, oʻrindoshlik asosida ishlashga doir cheklovlar belgilangan bo’lib, unga ko’ra quyidagi hollarda oʻrindoshlik asosida ishlashga yoʻl qoʻyilmaydi:
·oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan shaxslarga;
·agar oʻrindoshning asosiy ishi noqulay mehnat sharoitlari bilan bogʻliq boʻlsa shunday sharoitlardagi ishlarda ishlashga (bundan sogʻliqni saqlash tizimi tashkilotlari xodimlari mustasno);
·qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Agar oʻrindoshlik asosida ishlash xodimning, boshqa shaxslarning sogʻligʻiga yoki ishlab chiqarish jarayoni xavfsizligiga ziyon yetkazishi mumkin boʻlsa, ish beruvchi kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishilgan holda mehnat shart-sharoitlari hamda tartibining oʻziga xos xususiyatlarini inobatga olib, muayyan kasb, mutaxassislik va lavozimlarga nisbatan oʻrindoshlik asosida ishlashga cheklovlar belgilashi mumkin.
Parkent tuman adliya bo’limi,
yuridik xizmat ko’rsatish markazi S.R.Xasanboyev
boshlig’i