Янгиликлар
Saylov kuni ovoz berish qay tartibda amalga oshiriladi?
Saylov kuni ovoz berish qay tartibda amalga oshiriladi?
O’zbekiston Respublikasi Saylov kodeksinig 55-moddasiga ko’ra, saylovchi saylov byulletenini olgach, uni yashirin ovoz berish kabinasida yoki xonasida to‘ldiradi. Saylov byulletenini to‘ldirish chog‘ida ovoz beruvchi shaxsdan boshqa shaxslarning hozir bo‘lishi taqiqlanadi. Saylov byulletenini mustaqil ravishda to‘ldirish imkoniyatiga ega bo‘lmagan saylovchi o‘z xohishiga ko‘ra yashirin ovoz berish kabinasiga yoki xonasiga boshqa shaxsni taklif qilishga haqli, bundan saylov komissiyasi tarkibiga kiradigan shaxslar, kuzatuvchilar va ommaviy axborot vositalari vakillari mustasno.
Saylovchi o‘zi yoqlab ovoz berayotgan nomzodning familiyasi, siyosiy partiyaning nomi ro‘parasida, o‘ng tomonda joylashgan bo‘sh kvadratga “+” yoki “
” yoxud “x” belgisini qo‘yadi.
Ovoz beruvchi to‘ldirilgan saylov byulletenini saylov qutisiga tashlaydi.
Buzib qo‘yilgan saylov byulleteni saylovchining iltimosiga ko‘ra yangisiga almashtirilishi mumkin. Buzib qo‘yilgan saylov byulletenlari hisobga olinishi, bekor qilinishi (yuqori chap burchagini kesish yo‘li bilan) lozim va alohida saqlanadi.
Parkent tuman adliya bo’limi,
yuridik xizmat ko’rsatish markazi boshlig’i S.R.Xasanboyev