Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Saylovchi uzurli sabablarga ko’ra saylov uchastkasiga kela olmasa ovoz berish qay tartibda amalga oshiriladi?


Saylovchi uzurli sabablarga ko’ra saylov uchastkasiga kela olmasa ovoz berish qay tartibda amalga oshiriladi?

O’zbekiston Respublikasi Saylov kodeksinig 56-moddasiga ko’ra, ayrim saylovchilar sog‘lig‘ining holatiga yoki boshqa sabablarga ko‘ra ovoz berish binosiga kela olmagan hollarda, tegishli uchastka saylov komissiyasi ovoz berishni ushbu saylovchilarning iltimosiga binoan ular turgan joyda tashkil etadi.

Tegishli komissiyaning kamida ikki nafar a’zosi ko‘chma saylov qutisi bilan saylovchining turgan joyiga yuboriladi, ular saylovchining xohish-irodasi sir saqlanishiga rioya etilgan holda ovoz berish amalga oshirilishini ta’minlaydi. Bunda kuzatuvchilar va ommaviy axborot vositalari vakillari hozir bo‘lishi mumkin.

 

Parkent tuman adliya bo’limi,
yuridik xizmat ko’rsatish markazi                                        S.X.Bo’riyev
bosh yuristkonsulti