Янгиликлар
Takroriy ovoz berishni o‘tkazish qay tartibda amalga oshiriladi?
Takroriy ovoz berishni o‘tkazish qay tartibda amalga oshiriladi?
O’zbekiston Respublikasi Saylov kodeksinig 59-moddasiga ko’ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ikki nafardan ortiq nomzod ishtirok etayotgan bo‘lsa va agar ulardan hech biri ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilardan yarmidan ko‘pining ovozini olmagan bo‘lsa, takroriy ovoz berish o‘tkaziladi, unda eng ko‘p ovoz to‘plagan ikki nomzod ishtirok etadi.
Markaziy saylov komissiyasi takroriy ovoz berish kunini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi o‘tkazilgan kundan e’tiboran bir oy ichida, lekin saylov o‘tkazilgan kundan kamida o‘n besh kun keyin o‘tkaziladigan qilib tayinlaydi. Takroriy ovoz berish o‘tkazilishi haqidagi xabar matbuotda e’lon qilinadi.
Takroriy ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning ovozini boshqa nomzodga nisbatan ko‘proq olgan nomzod saylangan deb hisoblanadi.
Takroriy ovoz berishda saylovchilarning ishtirok etishi foizi hisobga olinmaydi.
Parkent tuman adliya bo’limi,
yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuristkonsulti S.X.Bo‘riyev