Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Chet davlatda turgan saylovchining ovoz berishi qay tartibda amalga oshiriladi?


Chet davlatda turgan saylovchining ovoz berishi qay tartibda amalga oshiriladi?

O’zbekiston Respublikasi Saylov kodeksinig 561-moddasiga ko’ra, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga va chet davlatlarning vakolatli davlat hokimiyati organlari bilan kelishuvlarga muvofiq chet davlatlarning aholi zich joylashgan hududlarda muddatidan oldin ovoz berish saylovchining turgan joyida o‘tkazilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasining chet davlatdagi diplomatik va boshqa vakolatxonasi huzurida tuzilgan uchastka saylov komissiyasi saylovchilarning turgan joyida ovoz berish vaqti hamda joyi to‘g‘risida qaror qabul qiladi va bu haqda saylovchilarni, kuzatuvchilarni ommaviy axborot vositalari orqali xabardor etadi.

Saylovchilarning turgan joyida ovoz berish O‘zbekiston Respublikasining chet davlatdagi diplomatik va boshqa vakolatxonasi huzurida tuzilgan uchastka saylov komissiyasining kamida ikki nafar a’zosi hozirligida o‘tkaziladi.

Ovoz berish tugaganidan keyin uchastka saylov komissiyasi a’zolari ko‘chma ovoz berish qutisini ochadi, uning ichidagi saylov byulletenlarini sanamasdan maxsus qopga joylaydi, qopni surg‘uchlaydi va bu haqda dalolatnoma tuzadi.

Saylov byulletenlari solingan qop surg‘uchlangan holda dalolatnoma bilan birga saylov uchastkasiga olib boriladi va saylov kuni ovozlarni sanab chiqish jarayoni boshlanguniga qadar saqlanadi.

 

Parkent tuman adliya bo’limi,
yuridik xizmat ko’rsatish markazi                                                 S.X.Bo‘riyev  
bosh yuristkonsulti