Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Turar joyni ijaraga berish shartnomasini nomuayyan muddatga tuzish mumkinmi?


Turar joyni ijaraga berish shartnomasini nomuayyan muddatga tuzish mumkinmi?

O’zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksinig 36-moddasiga ko’ra, munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joyni ijaraga berish shartnomasi besh yildan ortiq bo‘lmagan muddatga tuziladi. Agar shartnomada muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, u besh yilga tuzilgan deb hisoblanadi.

Bir yilgacha muddatga tuzilgan turar joyni ijaraga berish (qisqa muddatli ijara) shartnomasiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi qoidalari qo‘llaniladi.

Yangi muddatga shartnoma tuzishda ijaraga oluvchi imtiyozli huquqqa ega bo‘ladi.

Ijaraga beruvchi tomonidan e’tiroz bo‘lmagan taqdirda, ijaraga oluvchi shartnoma muddati tugaganidan keyin ham turar joydan foydalanishni davom ettirsa, shartnoma avvalgi shartlarda qayta tuzilgan deb hisoblanadi.

Davlat uy-joy fondidan ijaraga beruvchi, agar turar joyni ijaraga bermaslikka qaror qilgan bo‘lsa, bu haqda ijaraga oluvchini kamida bir yil oldin xabardor etib, yangi muddatga shartnoma tuzishdan voz kechishi mumkin, aniq maqsadli kommunal uy-joy fondi bundan mustasno.

 

Parkent tuman adliya bo’limi,
yuridik xizmat ko’rsatish markazi                                        S.X.Bo‘riyev 
bosh yuristkonsulti