Янгиликлар
Ayblilik to‘g‘risidagi masalani hal qilmay turib jinoyat ishini tugatish mumkinmi?
Ayblilik to‘g‘risidagi masalani hal qilmay turib jinoyat ishini tugatish mumkinmi?
O’zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 84-moddasiga ko’ra, quyidagi hollarda shaxsning jinoyat sodir etilishida aybliligi to‘g‘risidagi masalani hal qilmay turib jinoyat ishi tugatilishi lozim, basharti:
1) shaxsni javobgarlikka tortish muddati o‘tgan bo‘lsa;
2) e’lon qilingan amnistiya akti sodir etilgan jinoyat yoki shaxsga daxldor bo‘lsa;
3) ayblanuvchi, sudlanuvchi vafot etgan bo‘lsa;
4) shaxsga nisbatan aynan shu ayblov bo‘yicha sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bo‘lsa;
5) shaxsga nisbatan aynan shu ayblov bo‘yicha ishni tugatish haqida sudning qonuniy kuchga kirgan ajrimi (qarori) yoki vakolatli mansabdor shaxsning jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish yoxud ishni tugatish haqida bekor qilinmagan qarori bo‘lsa;
6) ish faqat jabrlanuvchining shikoyati bilan qo‘zg‘atiladigan hollarda uning shikoyati bo‘lmasa, ushbu Kodeksning 325-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
7) shaxs ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan paytda jinoiy javobgarlikka tortish mumkin bo‘lgan yoshga to‘lmagan bo‘lsa;
8) O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi Maxsus qismining tegishli moddasida shaxsning o‘z qilmishiga amalda pushaymon bo‘lganligi tufayli yoxud belgilangan muddat ichida yetkazilgan moddiy zararning o‘rni qoplanganligi va jinoyat oqibatlari bartaraf etilganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilinishi nazarda tutilgan bo‘lsa.
Ushbu modda birinchi qismining 1, 2, 3 va 8-bandlarida nazarda tutilgan hollarda, agar ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki vafot etgan ayblanuvchining, sudlanuvchining yaqin qarindoshlari talab qilsa, ishni yuritish umumiy tartibda davom ettirilishi mumkin. Bunday hollarda hukm qilish uchun asoslar mavjud bo‘lsa, ayblov hukmi jazo tayinlanmasdan chiqariladi.
Parkent tuman adliya bo’limi,
yuridik xizmat ko’rsatish markazi S.X.Bo’riyev
bosh yuristkonsulti