Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Dalillarni bayonnomada qayd etish qay tartibda amalga oshiriladi?


Dalillarni bayonnomada qayd etish qay tartibda amalga oshiriladi?

O’zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 90-moddasiga ko’ra, ma’lumotlar va narsalardan, ular tergov harakati bayonnomasi yoki sud majlisi bayonnomasida qayd etilganidan keyingina dalil sifatida foydalanish mumkin.

Bayonnomalar yuritish uchun mas’uliyat surishtiruv va dastlabki tergov bosqichida surishtiruvchi va tergovchi, sudda esa, raislik qiluvchi va sud majlisi kotibi zimmasiga yuklatiladi.

Bayonnomalarga: tergov yoki sud harakatining ishtirokchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, bu shaxslarga ularning huquq va majburiyatlari tushuntirilgani; tergov yoki sud harakatining o‘tkazilish joyi va vaqti, shart-sharoitlari, jarayoni va natijalari, bunda topilgan moddiy obyektlar tavsifi va ularning ish uchun ahamiyatli bo‘lgan belgilari; tergov harakatlari yoki sud muhokamasi ishtirokchilari tasdiqlashni so‘ragan faktlar; ularning yuz berayotgan hodisa sabablari xususidagi ko‘rsatuvlari, tushuntirishlari, mulohazalari; ular tomonidan berilgan iltimosnomalar, shikoyatlar, rad etishlar; tergov harakatini olib borish yoki sud muhokamasi jarayonidagi tartibbuzarlik hollari, shuningdek bu tartibbuzarliklarni bartaraf etish va oldini olish uchun ko‘rilgan chora-tadbirlar kiritiladi.

 

Parkent tuman adliya bo’limi,
yuridik xizmat ko’rsatish markazi                                        A.U.Mahmudov   
bosh yuristkonsulti