Янгиликлар
Tergov harakatlarini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish tartibi qanday?
Tergov harakatlarini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish tartibi qanday?
O’zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 911-moddasiga ko’ra, guvohlar, jabrlanuvchilar, gumon qilinuvchilar va ayblanuvchilar ishtirokidagi tergov harakatlari (so‘roq, shaxslarni va narsalarni tanib olish, yuzlashtirish) mazkur shaxslarni ular turgan joydagi yoki yashash joyidagi viloyatning yoki tumanning yoxud shaharning huquqni muhofaza qiluvchi organiga yoki sudiga chaqirgan, texnik vositalardan foydalangan holda videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilishi mumkin. Videokonferensaloqa jarayonida tergov harakati ishtirokchilari tergov harakati jarayoni va natijalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya orqali bevosita kuzatib boradi.
Tergov harakatlarini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud tomonidan o‘z tashabbusi bilan yoxud jinoyat protsessi ishtirokchilarining iltimosnomasiga ko‘ra qabul qilinadi.
Tergov harakatlarini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazishda foydalaniladigan texnik vositalar va uskunalar quyidagi minimal talablarga javob berishi zarur:
tasvir sifati bo‘yicha — o‘lchami 1920×1080, sekundiga 50 ta kadr;
ovoz sifati bo‘yicha — chastota diapazoni 100-12 000 Gs;
axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha — VPN himoyalangan aloqa kanalidan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Parkent tuman adliya bo’limi,
yuridik xizmat ko’rsatish markazi M.M.Payziyev
bosh yuristkonsulti