Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Guvoh va jabrlanuvchini qay tartibda so‘roq qilinadi?


Guvoh va jabrlanuvchini qay tartibda so‘roq qilinadi?

O’zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 114-moddasiga ko’ra, guvoh va jabrlanuvchini so‘roq qilish ushbu Kodeksning 96 — 108-moddalarida nazarda tutilgan umumiy qoidalarga, shuningdek ushbu bobning quyidagi moddalariga rioya qilgan holda olib boriladi.

So‘roqqa o‘z advokati bilan hozir bo‘lgan guvohni yoki jabrlanuvchini so‘roq qilish advokat ishtirokida amalga oshiriladi. So‘roq tugaganidan so‘ng advokat guvohning yoki jabrlanuvchining huquqlari hamda qonuniy manfaatlari buzilganligi to‘g‘risidagi, so‘roq bayonnomasiga kiritilishi lozim bo‘lgan arzlarini bayon etishga haqli.

Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar uzrli sabablarga ko‘ra sudga kelmagan taqdirda, sudning tashabbusi bilan yoki jinoyat protsessi ishtirokchilarining iltimosnomasiga ko‘ra videokonferensaloqa vositasida so‘roq qilinishi mumkin.

 

Parkent tuman adliya bo’limi,
yuridik xizmat ko’rsatish markazi                                        A.U.Mahmudov   
bosh yuristkonsulti