Янгиликлар
Jinoyat ishini tergov qilish qay tartibda amalga oshiriladi?
Jinoyat ishini tergov qilish qay tartibda amalga oshiriladi?
O’zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 3203–moddasiga ko’ra, jinoyat ishini tergov qilish surishtiruv yoki dastlabki tergov shaklida amalga oshiriladi.
Dastlabki tergov ushbu Kodeksning 345-moddasi ikkinchi — sakkizinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyat ishlari bo‘yicha, shuningdek ushbu moddaning to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan hollarda o‘tkaziladi.
Surishtiruv ushbu Kodeksning 3812-moddasi birinchi — uchinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyat ishlari bo‘yicha o‘tkaziladi.
Tergovi surishtiruv shaklida o‘tkaziladigan jinoyat ishlari tergovning har tomonlama, xolisona va to‘la o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida ushbu Kodeksning 3815-moddasiga muvofiq prokurorning asoslantirilgan qaroriga ko‘ra dastlabki tergov olib borish uchun topshirilishi mumkin.
Parkent tuman adliya bo’limi,
yuridik xizmat ko’rsatish markazi A.U.Mahmudov
bosh yuristkonsulti