Янгиликлар
Iqtisodiy sudlar qanday hollarda ish yuritishni to’xtatib turish majburiyatiga ega?
Iqtisodiy sudlar qanday hollarda ish yuritishni to’xtatib turish majburiyatiga ega?
Iqtisodiy protsessual Kodeksining 101-moddasida sudning ish yuritishni toʻxtatib turish majburiyatlari belgilangan.
Unga ko‘ra, iqtisodiy sudlar quyidagi hollarda ish yuritishni toʻxtatib turishi shart:
1) mazkur ishni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, fuqarolik ishlari boʻyicha sud, jinoyat ishlari boʻyicha sud, maʼmuriy sud yoki iqtisodiy sud tomonidan koʻrilayotgan boshqa ish yoki masala yuzasidan, shuningdek tergov harakatlari olib borilayotgan ish yuzasidan qaror qabul qilinguniga qadar koʻrish mumkin boʻlmaganda;
2) javobgar fuqaro Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harakatdagi qismida boʻlganda yoki Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harakatdagi qismidagi daʼvogar-fuqaro tegishli iltimosnoma bilan murojaat qilganda;
3) ishda ishtirok etuvchi shaxs boʻlgan fuqaro vafot etganda, agar nizoli huquqiy munosabatlar huquqiy vorislikka yoʻl qoʻysa;
4) ishda ishtirok etuvchi shaxs boʻlgan fuqaro muomala layoqatini yoʻqotganda;
5) taraf sud tomonidan tan olinishi va ijroga qaratilishi toʻgʻrisida koʻrilayotgan chet davlat sudining yoki arbitrajining hal qiluv qarorini bekor qilish yoki uning ijrosini toʻxtatib turish haqida vakolatli organga iltimosnoma berganda;
6) mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish toʻgʻrisida kelishuv tuzilganda.
Parkent tuman adliya bo’limi,
yuridik xizmat ko’rsatish markazi A.U.Mahmudov
bosh yuristkonsulti