Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Iqtisodiy sudlarga da’vo arizasi kiritishda da’vo arizasiga qanday hujjatlar ilova qilinadi?


Iqtisodiy sudlarga da’vo arizasi kiritishda da’vo arizasiga qanday hujjatlar ilova qilinadi?

Iqtisodiy protsessual Kodeksining 151-moddasida daʼvo arizasiga ilova qilinadigan hujjatlar belgilangan bo‘lib, unga ko’ra daʼvo arizasiga quyidagilarni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinishi lozim:

1) belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji va pochta xarajatlari toʻlanganligini;

2) daʼvo arizasining koʻchirma nusxasi va unga ilova qilingan hujjatlar javobgarga va uchinchi shaxslarga yuborilganligini;

3) javobgar bilan nizoni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibiga rioya etilganligini, agar bu shu toifadagi nizolar uchun qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa;

4) daʼvo talablariga asos boʻlgan holatlarni;

5) daʼvogarning yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtganligini;

6) daʼvo arizasini imzolash vakolatini, agar u vakil tomonidan imzolangan boʻlsa.

Shartnoma tuzishga majbur etish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasiga shartnoma loyihasi ham ilova qilinadi.

Investitsiyaviy nizolar boʻyicha daʼvo arizasiga investitsiya shartnomasining koʻchirma nusxasi, yirik investorning investitsiya faoliyati bilan bogʻliq daʼvo arizasiga esa uning yirik investorligini tasdiqlovchi hujjat ham ilova qilinadi.

 

Parkent tuman adliya bo’limi,
yuridik xizmat ko’rsatish markazi                                        A.U.Mahmudov   
bosh yuristkonsulti