Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Iqtisodiy sudlarda daʼvoning asosini yoki predmetini, daʼvo talablari miqdorini oʻzgartirish, daʼvodan voz kechish tartibi qanday?


Iqtisodiy sudlarda daʼvoning asosini yoki predmetini, daʼvo talablari miqdorini oʻzgartirish, daʼvodan voz kechish tartibi qanday?

Iqtisodiy protsessual kodeksining 157-moddasida daʼvoning asosini yoki predmetini, daʼvo talablari miqdorini oʻzgartirish, daʼvodan voz kechish tartibi belgilangan.

Unga ko‘ra, daʼvogar ishni birinchi instansiya sudida koʻrish chogʻida ishning mazmunan koʻrilishi yakuni boʻyicha chiqariladigan sud hujjati qabul qilinguniga qadar daʼvoning asosini yoki predmetini oʻzgartirishga, daʼvo talablarining miqdorini koʻpaytirishga yoki kamaytirishga haqli.

Daʼvogar ishni har qanday instansiya sudida koʻrishda tegishli sud instansiyasida ishni koʻrish yakuni boʻyicha chiqariladigan sud hujjati qabul qilinguniga qadar daʼvodan toʻliq yoki qisman voz kechishga haqli.

Sud daʼvoning asosi va predmeti bir vaqtda oʻzgartirilishini qabul qilmaydi. Sud daʼvodan voz kechishni, daʼvo talablari miqdorini kamaytirishni ham, agar bu qonunchilikka zid boʻlsa yoki boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzsa, qabul qilmaydi. Bunday hollarda sud ishni mazmunan koʻradi.

Daʼvoning asosini yoki predmetini oʻzgartirishni, daʼvo talablari miqdorini koʻpaytirishni yoki kamaytirishni, daʼvogarning daʼvodan toʻliq yoki qisman voz kechishini qabul qilish haqida yoxud qabul qilishni rad etish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi.

 

Parkent tuman adliya bo’limi,
yuridik xizmat ko’rsatish markazi                                        A.U.Mahmudov   
bosh yuristkonsulti