Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Iqtisodiy sudlar tomonidan qanday turdagi huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash yuzasidan ishlar ko‘rib chiqiladi?


Iqtisodiy sudlar tomonidan qanday turdagi huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash yuzasidan ishlar ko‘rib chiqiladi?

Iqtisodiy protsessual kodeksining 217-moddasida Iqtisodiy sudlar tomonidan ko‘rib chiqilishi mumkin bo‘lgan huquqiy taʼsir choralari belgilangan.

Unga ko‘ra, quyidagi huquqiy ta’sir choralari iqtisodiy sudlar tomonidan ko‘rib chiqiladi:

faoliyatni tugatish;

atrof tabiiy muhitga zararli taʼsir koʻrsatayotgan obyektlar faoliyatini tugatish va (yoki) qayta ixtisoslashtirish;

faoliyatni cheklash, toʻxtatib turish va taqiqlash, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va sogʻligʻi uchun boshqa haqiqiy xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bogʻliq holda faoliyatni oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga cheklash, toʻxtatib turish hollari mustasno;

banklardagi hisobvaraqlar boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib qoʻyish, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno;

moliyaviy sanksiyalarni qoʻllash, bundan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlash muddatini oʻtkazib yuborganlik uchun penyalar hisoblash, shuningdek yuridik shaxsning yoki fuqaroning sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybini tan olganligi va moliyaviy sanksiyalar summalarini ixtiyoriy ravishda toʻlaganligi hollari mustasno;

tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shugʻullanish uchun litsenziyalarning (ruxsatnomalarning) amal qilishini oʻn ish kunidan koʻp boʻlgan muddatga toʻxtatib turish yoki ularning amal qilishini tugatish va litsenziyalarni (ruxsatnomalarni) bekor qilish, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan beriladigan litsenziyalar (ruxsatnomalar) mustasno.

Sud qonunchilikka muvofiq boshqa huquqiy taʼsir choralarini ham qoʻllashi mumkin.

 

Parkent tuman adliya bo’limi,
yuridik xizmat ko’rsatish markazi                                        A.U.Mahmudov   
bosh yuristkonsulti