Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Iqtisodiy masalalarga oid ish materiallarini sudga taalluqliligiga koʻra iqtisodiy suddan boshqa sudga oʻtkazish tartibi qanday?


Iqtisodiy masalalarga oid ish materiallarini sudga taalluqliligiga koʻra iqtisodiy suddan boshqa sudga oʻtkazish tartibi qanday?

O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiy Protsessual kodeksining 311-moddasiga asosan, Talab sudga taalluqlilik qoidalarini buzgan holda iqtisodiy sudga taqdim etilgan taqdirda, daʼvo arizasi (ariza) taalluqliligiga koʻra fuqarolik ishlari boʻyicha sudga yoki maʼmuriy sudga koʻrib chiqish uchun oʻtkaziladi.

Agar daʼvo arizasi (ariza) sudga taalluqlilik qoidalarini buzgan holda ish yuritishga qabul qilinganligi ishni koʻrib chiqish jarayonida aniqlansa, iqtisodiy sud ish materiallarini sudga taalluqliligiga koʻra fuqarolik ishlari boʻyicha sudga yoki maʼmuriy sudga koʻrib chiqish uchun oʻtkazish va iqtisodiy sud ishini yuritishni tugatish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.

Daʼvo arizasini (arizani), ish materiallarini sudga taalluqliligiga koʻra iqtisodiy suddan boshqa sudga oʻtkazish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.

Iqtisodiy suddan taalluqliligiga koʻra boshqa sudga oʻtkazilgan daʼvo arizasi (ariza), ish materiallari oʻziga oʻtkazilgan sud tomonidan qabul qilib olinishi kerak.

Oʻzbekiston Respublikasida sudlar oʻrtasida sudga taalluqlilik toʻgʻrisidagi nizolarga yoʻl qoʻyilmaydi.

 

 

Parkent tuman adliya bo’limi,

yuridik xizmat ko’rsatish markazi                                        M.M.Payziyev

bosh yuristkonsulti