Янгиликлар
2026-yildan boshlab davlat tilini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar
2026-yildan boshlab davlat tilini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar
Javob:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi “Davlat tilini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, 2026-yildan boshlab quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan qardosh tillarda o‘zbek tilini o‘rgatish bo‘yicha yangi avlod darsliklari ishlab chiqiladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglari uchun o‘zbek tilini o‘rgatishga oid uslubiy qo‘llanmalar tayyorlanadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun “Mening ilk izohli lug‘atcham” nomli rasmlar bilan boyitilgan lug‘at kitobi yaratiladi.
Bolalarga o‘zbek tilini o‘rgatish bo‘yicha zamonaviy animatsion video va audio mahsulotlar ishlab chiqiladi.
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchi lavozimi joriy etiladi.
O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan milliy madaniy markazlar vakillari hamda xorijdagi vatandoshlar farzandlari uchun o‘zbek tili kurslari yo‘lga qo‘yiladi.
Mazkur chora-tadbirlar davlat tilining ta’lim, madaniyat va boshqaruv sohalarida keng qo‘llanilishini ta’minlash, uning nufuzini va xalqaro miqyosdagi mavqeini yanada oshirishga qaratilgan.
O‘rta Chirchiq tumani
Davlat xizmatlari markazi
direktori M.Sultanov