Янгиликлар
2025-yil 20-oktabrda qabul qilingan Prezident qaroriga muvofiq, davlat boshqaruvi tizimida qanday yangi lavozim joriy etildi?
2025-yil 20-oktabrda qabul qilingan Prezident qaroriga muvofiq, davlat boshqaruvi tizimida qanday yangi lavozim joriy etildi?
Javob:
2025-yil 20-oktabrda qabul qilingan PQ–308-sonli Prezident qarori
— “Davlat tilini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” hujjatiga asosan, 2026-yildan boshlab davlat boshqaruvi tizimida yangi lavozim joriy etildi, ya’ni:
Rahbarning ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimi.
Mazkur lavozim quyidagi tashkilot va idoralarda faoliyat yuritadi:
Respublika darajasidagi davlat organlari va xo‘jalik birlashmalarining markaziy apparatlarida;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklarida.
Bu lavozimning joriy etilishi davlat tilining qo‘llanish madaniyatini oshirish, hujjat yuritishda o‘zbek tilining nufuzi va sifatini mustahkamlash, shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yishga qaratilgan.
O‘rta Chirchiq tumani
Davlat xizmatlari markazi
direktori M.Sultanov