Янгиликлар
2025-yildan boshlab Davlat xizmatlari markazlari (DXM) tizimida davlat xizmatlari qanday tarzda soddalashtiriladi va raqamlashtiriladi?
2025-yildan boshlab Davlat xizmatlari markazlari (DXM) tizimida davlat xizmatlari qanday tarzda soddalashtiriladi va raqamlashtiriladi?
Javob:
2025-yilda e’lon qilingan Prezident farmonlari hamda tegishli normativ-huquqiy hujjatlar asosida Davlat xizmatlari markazlari tizimida xizmat ko‘rsatish jarayonlarini soddalashtirish, fuqarolarga qulay sharoit yaratish va raqamli boshqaruvni joriy etish yo‘lida quyidagi islohotlar amalga oshiriladi:
Idoralararo axborot almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi.
Davlat organlari o‘rtasida yagona elektron ma’lumotlar almashinuvi tizimi joriy etiladi.
Shu bois fuqarolardan ortiqcha hujjatlar talab qilinmaydi, barcha ma’lumotlar avtomatik tarzda tekshiriladi.
Masalan, nikohni rasmiylashtirishda tibbiy ko‘rik natijalarini taqdim etish talabi bekor qilindi.
Proaktiv va kompozit xizmatlar tizimi joriy etiladi.
Fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida bir nechta xizmatlar birlashtirilib, “bir martalik murojaat – bir nechta xizmat” tamoyili asosida amalga oshiriladi.
Natijada, foydalanuvchi DXMga bir marta murojaat qilib, bir necha xizmatni bir vaqtda olishi mumkin bo‘ladi.
Interaktiv raqamli tizimlar va o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish kiosklarini kengaytirish.
DXM binolarida raqamli kiosklar o‘rnatilib, fuqarolar elektron tarzda xizmatlardan mustaqil foydalanish imkoniga ega bo‘ladi.
“Qog‘ozsiz xizmatlar” tizimi yo‘lga qo‘yilib, hujjatlar to‘liq elektron shaklda rasmiylashtiriladi va saqlanadi.
Xizmatlar sifatini oshirish, shaffoflik va tezkorlikni ta’minlash.
Barcha xizmatlar yagona elektron platforma orqali nazorat qilinadi.
Murojaatlar ko‘rib chiqish muddati qisqartiriladi, jarayonlar to‘liq raqamli kuzatuv ostida bo‘ladi.
Natijada, fuqarolar uchun davlat xizmatlari yanada shaffof, tezkor va byurokratiyasiz shaklda ko‘rsatiladi.
O‘rta Chirchiq tumani
Davlat xizmatlari markazi
direktori M.Sultanov