Янгиликлар
Agar mahalliy hokimlik xodimlarining KPI tizimida faoliyati “qoniqarsiz” (D darajasi) deb baholansa, ular uchun qanday nazorat va intizomiy chora-tadbirlar qo‘llanadi?
Agar mahalliy hokimlik xodimlarining KPI tizimida faoliyati “qoniqarsiz” (D darajasi) deb baholansa, ular uchun qanday nazorat va intizomiy chora-tadbirlar qo‘llanadi?
Javob:
2025 yil 28 oktyabrda Adliya vazirligi tomonidan 3696-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan **“Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlari faoliyatining samaradorligini eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) asosida baholashning namuaviy tartibi”**ga ko‘ra, KPI tizimi hokimlik xodimlari faoliyatini aniq va adolatli baholashga qaratilgan.
Nizomning 9-bandiga muvofiq:
70 balldan kam – “qoniqarsiz” (D)
70–85 ball – “qoniqarli” (C)
85–100 ball – “yaxshi” (B)
100 va undan yuqori – “a’lo” (A)
Agar xodim KPI tizimida “qoniqarsiz” deb baholansa:
Tashkilot rahbariyati xodimning ish samaradorligini tahlil qiladi, kamchiliklar aniqlanadi va qayd qilinadi.
Mos xodimlar malaka oshirish kurslariga yuboriladi.
Agar qayta baholashda ham natija “qoniqarsiz” bo‘lsa, bu xizmat vazifalarini bajarmaslik hisoblanadi va tegishli intizomiy choralar ko‘riladi.
O‘rta Chirchiq tumani
Davlat xizmatlari markazi
direktori M.Sultanov