Янгиликлар
Qaysi hokimlik xodimlari KPI tizimi orqali baholanadi va baholash jarayoni qaysi tartib asosida amalga oshiriladi?
Qaysi hokimlik xodimlari KPI tizimi orqali baholanadi va baholash jarayoni qaysi tartib asosida amalga oshiriladi?
Javob:
“Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlari faoliyatining samaradorligini eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) asosida baholashning namuaviy tartibi” Adliya vazirligi tomonidan 2025 yil 28 oktyabrda 3696-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bo‘lib, u Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestriga kiritilgan lavozimlardagi hokimlik xodimlariga tatbiq etiladi (Nizomning 2-bandiga muvofiq).
Ushbu tartib shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri hamda tuman (shahar) hokimliklarining apparati xodimlariga ham tatbiq etiladi.
Baholash tizimiga quyidagilar kiradi:
Hokim o‘rinbosarlari va ularga bo‘ysunuvchi boshqarma, bo‘lim, sektor va sho‘’ba rahbarlari;
Hokimlik apparatida faoliyat yuritayotgan bosh va yetakchi mutaxassislar;
Davlat xizmatining kadrlar zaxirasida bo‘lgan xodimlar.
KPI baholash natijalari “samaradorlik.uz” elektron platformasi orqali shakllantiriladi va Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda hokimlik kadrlar bo‘limi tomonidan umumlashtiriladi
O‘rta Chirchiq tumani
Davlat xizmatlari markazi
direktori M.Sultanov