Янгиликлар
Hokimlik xodimlarining ish faoliyati qanday tartibda baholanadi va bu baholash qaysi hujjatga asoslanadi?
Hokimlik xodimlarining ish faoliyati qanday tartibda baholanadi va bu baholash qaysi hujjatga asoslanadi?
Javob:
Hokimliklarda ishlaydigan davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyati eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) asosida baholanadi.
Bu tartib 2025 yil 28 oktyabrda Adliya vazirligi tomonidan 3696-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlari faoliyatining samaradorligini eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) asosida baholashning namuaviy tartibi” ga muvofiq joriy etilgan.
Asosiy jihatlar:
Baholashning maqsadi: xodimning ish natijadorligi, xizmat vazifalarini bajarish darajasi va faoliyatining tashkilot maqsadlariga qo‘shgan hissasini aniqlash.
Shaxsiy KPI: har bir xodimning individual vazifalariga mos ravishda indikatorlar belgilanadi.
Natijalarni hisoblash: KPI natijalari “samaradorlik.uz” elektron platformasi orqali avtomatik tarzda shakllantiriladi.
Natijalardan foydalanish: baholash natijalari Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va hokimlikning kadrlar bo‘limi tomonidan ko‘rib chiqiladi va xizmat po‘g‘onasida o‘sish yoki rag‘batlantirishda asos bo‘ladi.
O‘rta Chirchiq tumani
Davlat xizmatlari markazi
direktori M.Sultanov