Янгиликлар
Davlat nodavlat bog‘chalarda tarbiyalanayotgan kambag‘al oilalar farzandlariga nima asosida yordam ko‘rsatiladi va bu yordam qaysi darajada bo‘ladi?
Davlat nodavlat bog‘chalarda tarbiyalanayotgan kambag‘al oilalar farzandlariga nima asosida yordam ko‘rsatiladi va bu yordam qaysi darajada bo‘ladi?
Javob: Bu yordam “Kambag‘al oilalar reestri”ga kiritilgan oilalar farzandlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy qilingan. Ya’ni, agar oila rasmiy ravishda kambag‘allar ro‘yxatida bo‘lsa va bolasi oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga qatnasa, davlat ular uchun moliyaviy yordam ko‘rsatadi.
Yangi tartibga ko‘ra, davlat ota-onalar to‘lovining 40 foizini qoplab beradi. Bu miqdor tegishli hududdagi davlat bog‘chalari uchun belgilangan oylik to‘lov tariflari asosida hisoblanadi.
Bu chora 2025 yil 23 oktabrda Adliya vazirligida 3693‑son bilan ro‘yxatdan o‘tgan “Kambag‘al oilalar reestriga kiritilgan oilalarning farzandlarini qabul qilgan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga ota-onalar to‘lovining bir qismini davlat byudjetidan qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizom” bilan tasdiqlangan.
Shu orqali davlatning asosiy maqsadi — ta’lim sohasida tenglikni ta’minlash va kambag‘al oilalarning moliyaviy yukini yengillashtirishdir.
O‘rta Chirchiq tumani
Davlat xizmatlari markazi
direktori M.Sultanov