Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Davlat nodavlat bog‘chada tarbiyalanayotgan bolalar uchun qanday yordam ko‘rsatadi va bu qanday asosga ega?


Davlat nodavlat bog‘chada tarbiyalanayotgan bolalar uchun qanday yordam ko‘rsatadi va bu qanday asosga ega?

Javob: “Kambag‘al oilalar reestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari uchun davlat ota-onalar to‘lovining 40 foizini qoplab beradi. Bu yordam davlat nodavlat bog‘chalari uchun belgilangan to‘lov tariflari asosida hisoblanadi va avtomatik tarzda amalga oshiriladi.

Yordam ko‘rsatilishi uchun ota-onalardan qo‘shimcha hujjatlar talab qilinmaydi, chunki barcha ma’lumotlar “Kambag‘al oilalar reestri” axborot tizimi orqali avtomatik tarzda aniqlanadi. Shu tariqa, yordam rasmiy tartib va davlat manbasi asosida taqdim etiladi, jarayon shaffof va nazorat ostida bo‘ladi.

Ushbu tartib 2025 yil 23 oktabrda Adliya vazirligida 3693-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Kambag‘al oilalar reestriga kiritilgan oilalarning farzandlarini qabul qilgan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga ota-onalar to‘lovining bir qismini davlat byudjeti hisobidan qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizom” bilan tasdiqlangan.

Davlatning asosiy maqsadi — ta’lim sohasida tenglikni ta’minlash va kambag‘al oilalarning moliyaviy yukini kamaytirishdir.

O‘rta Chirchiq tumani

Davlat xizmatlari markazi

direktori M.Sultanov