Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Kambag‘al oilalar reestriga kirgan oilalar farzandlari davlat nodavlat bog‘chalarida tarbiya olayotganda ham davlat yordamidan foydalana oladimi?


Kambag‘al oilalar reestriga kirgan oilalar farzandlari davlat nodavlat bog‘chalarida tarbiya olayotganda ham davlat yordamidan foydalana oladimi?

Javob:                                                                                                                           

     Kambag‘al oilalar farzandlariga davlat nodavlat bog‘chalarda ham yordam beriladi

2025 yil 23 oktyabrda qabul qilingan yangi Nizomga ko‘ra, “Kambag‘al oilalar reestri”ga kirgan oilalarning farzandlari davlat nodavlat (oilaviy) bog‘chalarida ta’lim olayotganda ota-onalar to‘lovining bir qismi Davlat byudjeti hisobidan qoplanadi.

Bu yordam ota-onalar to‘lovining 40 foizigacha miqdorda amalga oshiriladi va faqat rasmiy ro‘yxatda turuvchi oilalarga taqdim etiladi. Yordam avtomatik tarzda hisoblanadi, ota-onalardan qo‘shimcha hujjat talab qilinmaydi.

Bu chora kambag‘al oilalarning moliyaviy yukini kamaytirish va har bir bolaga teng ta’lim imkoniyatini yaratishga qaratilgan.

O‘rta Chirchiq tumani

Davlat xizmatlari markazi

direktori M.Sultanov