Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Bolalar uchun bog‘cha to‘lovlarida davlat yordamidan har bir oila foydalana oladimi? Yoki bu faqat ma’lum oilalarga tegishlimi va nima asosida belgilanadi?


Bolalar uchun bog‘cha to‘lovlarida davlat yordamidan har bir oila foydalana oladimi? Yoki bu faqat ma’lum oilalarga tegishlimi va nima asosida belgilanadi?

Javob:                                                                 

                                                                     Davlat yordamidan har bir oila foydalana olmaydi. Bu imtiyoz faqat “Kambag‘al oilalar reestri”ga kirgan oilalarga tegishli. Ya’ni, agar oila rasmiy ro‘yxatga kiritilgan bo‘lsa va farzandi bog‘chaga borsa, ota-onalar to‘lovining bir qismi avtomatik tarzda davlat byudjeti hisobidan qoplanadi.

Bu tartib 2025-yil 23-oktabrda qabul qilingan 3693-sonli qaror bilan tasdiqlangan va uning asosiy maqsadi ijtimoiy adolatni ta’minlash, kam ta’minlangan oilalarning moliyaviy yukini yengillashtirish va har bir bolaning teng ta’lim olish imkoniyatini yaratishdir.

Ma’lumotlar axborot tizimi orqali avtomatik shakllantiriladi, shuning uchun ota-onalardan qo‘shimcha hujjat so‘ralmaydi. Shu bilan birga, tizim orqali har bir oila o‘zining yordam summasi va qoplamalarni kuzatishi mumkin.

O‘rta Chirchiq tumani

Davlat xizmatlari markazi

direktori M.Sultanov