Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Kambag‘al oilalar farzandlari uchun davlat yordamini olish jarayoni qaysi tizim orqali amalga oshiriladi va ota-onalardan qanday hujjatlar talab qilinadi?


Kambag‘al oilalar farzandlari uchun davlat yordamini olish jarayoni qaysi tizim orqali amalga oshiriladi va ota-onalardan qanday hujjatlar talab qilinadi?

Javob :
Kambag‘al oilalar farzandlari uchun davlat yordamini olish “Kambag‘al oilalar reestri” axborot tizimi orqali avtomatik tarzda amalga oshiriladi. Bu tizimda barcha zarur ma’lumotlar, jumladan oilaning daromad holati, farzandlar soni va bog‘cha to‘lovlari avtomatik qayd etilgan.

Shu sababli, ota-onalardan alohida hujjat taqdim etish talab qilinmaydi. Tizim avtomatik tarzda ota-onalar to‘lovining belgilangan foizini hisoblab, davlat byudjeti hisobidan qoplaydi.

Ushbu tartib 2025-yil 23-oktabrda qabul qilingan 3693-sonli qaror bilan tasdiqlangan va uning maqsadi — kam ta’minlangan oilalarning moliyaviy yukini yengillashtirish hamda har bir bolaning teng ta’lim olish imkoniyatini yaratishdir.

O‘rta Chirchiq tumani

Davlat xizmatlari markazi

direktori M.Sultanov