Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Mehnat qonunchiligi va boshqa huquqiy hujjatlarning o‘zaro nisbati — xodim manfaatlarini himoya qilish kafolati


Mehnat qonunchiligi va boshqa huquqiy hujjatlarning o‘zaro nisbati — xodim manfaatlarini himoya qilish kafolati

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 13-moddasi mehnat qonunchiligi tizimida huquqiy ierarxiya va ustuvorlik masalasini tartibga solidi. Ushbu modda mehnat qonunlari bilan “mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlar” o‘rtasidagi o‘zaro munosabatni belgilab, xodimlarning huquqiy holati doimiy ravishda yaxshilanib borishiga xizmat qiladi.

Modda mazmuniga ko‘ra, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlar — jamoa shartnomalari, kelishuvlar yoki korxona ichki hujjatlari — xodimlar uchun qo‘shimcha huquqlar va kafolatlarni nazarda tutishi mumkin. Bu mehnat munosabatlarining ijtimoiy yo‘nalishini kuchaytiradi, ish beruvchilarni esa xodimlar manfaatini inobatga olishga undaydi. Masalan, ichki tartib qoidalarida qonunda ko‘rsatilganidan ortiq yillik ta’til muddati, qo‘shimcha tibbiy sug‘urta yoki ijtimoiy imtiyozlar joriy etilishi mumkin.

Biroq, moddaning ikkinchi qismi bu jarayonga muhim cheklov kiritadi: hech bir mehnat haqidagi hujjat xodimning huquqiy holatini qonunchilikka nisbatan yomonlashtira olmaydi. Bu norma mehnat qonunlarining ustuvorligini kafolatlab, ish beruvchilar tomonidan huquqiy kamsitish yoki imtiyozlarni qisqartirish holatlariga yo‘l qo‘ymaydi.

Mazkur qoidaning amaliy ahamiyati shundaki, u mehnat munosabatlarida barqarorlik va ishonch muhitini yaratadi. Xodim biladiki, ish beruvchi tomonidan tuzilgan jamoa shartnomasi yoki buyruq hech qachon qonun bilan berilgan kafolatlarni kamaytira olmaydi. Bu esa mehnat bozorida adolatli raqobat va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlaydi.

Umuman olganda, 13-modda mehnat qonunchiligi tizimida huquqiy himoya, adolat va ustuvorlik prinsiplarini mustahkamlaydi. U xodimlarning huquqlarini doimo himoya qilish, ish beruvchilarning esa qonuniy me’yorlarga rioya etishini ta’minlash orqali mehnat sohasida barqaror huquqiy muhitni yaratadi.

 

Yangiyo‘l shahar adliya bo‘limi

YXKM rahbari SH.Ro‘ziyeva