Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Ichki hujjatlar o‘rtasidagi nisbat — mehnat muhitida adolat va muvozanat kafolati


Ichki hujjatlar o‘rtasidagi nisbat — mehnat muhitida adolat va muvozanat kafolati

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 15-moddasi mehnat sohasida ichki hujjatlar o‘rtasidagi huquqiy nisbatni tartibga solidi. Ushbu modda ish beruvchi tomonidan qabul qilinadigan turli darajadagi ichki hujjatlar — buyruqlar, nizomlar, yo‘riqnomalar va mehnat tartibi qoidalari — bir-biriga zid bo‘lmasligini hamda xodimning huquqiy holatini yomonlashtirmasligini kafolatlaydi.

Modda mazmuniga ko‘ra, ish beruvchi kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishuv asosida yoki mustaqil tarzda ichki hujjatlar qabul qilishi mumkin. Biroq, bu hujjatlar jamoa shartnomasida belgilangan mehnat sharoitlariga zid bo‘lmasligi shart. Bu talab mehnat jamoalarining huquqlarini himoya qilishga, ish beruvchining biryoqlama qarorlar qabul qilishining oldini olishga qaratilgan.

Shuningdek, modda yana bir muhim qoidani belgilaydi: ish beruvchi yakka o‘zi qabul qilgan hujjatlar kasaba uyushmasi bilan kelishilgan hujjatlarga nisbatan xodimning holatini yomonlashtiruvchi qoidalarni o‘z ichiga olmasligi kerak. Bu norma mehnat sohasida demokratik boshqaruv tamoyilini mustahkamlaydi va kasaba uyushmalarining roli amalda ta’minlanishini ko‘rsatadi.

Uchinchi band esa ish beruvchining kelishuvga rioya etish majburiyatini belgilaydi. Ya’ni, agar qonun yoki jamoa kelishuvida biror masala kasaba uyushmasi bilan kelishuv orqali hal etilishi lozim deb ko‘rsatilgan bo‘lsa, ish beruvchi bu jarayonni chetlab o‘ta olmaydi. Bu holat mehnat sohasida shaffoflikni va ijtimoiy sheriklik madaniyatini mustahkamlaydi.

Umuman olganda, 15-modda mehnat qonunchiligida hujjatlar o‘rtasidagi huquqiy ierarxiya, xodim huquqlarining ustuvorligi va kasaba uyushmalarining himoya funksiyasini amalda ro‘yobga chiqaradi. U mehnat jamoalarida adolatli, hamkorlikka asoslangan boshqaruv tizimini shakllantirishda muhim huquqiy tayanch hisoblanadi.

 

Yangiyo‘l shahar adliya bo‘limi

YXKM rahbari SH.Ro‘ziyeva