Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

NOGIRONLIK PENSIYALARI PROAKTIV SHAKLDA TAYINLISHI


NOGIRONLIK PENSIYALARI PROAKTIV SHAKLDA TAYINLISHI

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 27 maydagi ‘’Nogironlik pensiyalari va kompensatsiyalarni tayinlashda proaktiv xizmatlarni joriy etish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan    “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish doirasida aholiga davlat pensiyalari va kompensatsiyalarni tayinlash tartibini takomillashtirish orqali pensiya oluvchilar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari yanada kengaytiriladi.

Mazkur qarorga ko‘ra, 2025 yil 1 iyuldan boshlab fuqarolarga davlat pensiyalari va kompensatsiyalarni tayinlashning soddalashtirilgan tartibi joriy etilmoqda.

Unga ko‘ra, fuqarolarga I yoki II guruh nogironligi belgilanishi munosabati bilan pensiyalarni alohida murojaat talab etmagan holda proaktiv shaklda tayinlash va bunda fuqaroga proaktiv shaklda tayinlangan pensiyalarni rad qilish huquqi beriladi.

Shuningdek, ko‘rish qobiliyati bo‘yicha I guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga hamda yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro ob’yektlarida harbiy xizmatni o‘tagan shaxslarga kompensatsiyalarni elektron ma’lumotlar almashinuvi asosida proaktiv shaklda tayinlanib, nogironlik pensiyasi tayinlangandan so‘ng kamida bir yil ish stajiga ega bo‘lganda fuqaroning pensiya miqdorini har ikki yilda proaktiv shaklda qayta hisoblash amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, 2025 yil 1 oktyabrdan boshlab, davlat pensiya ta’minotiga oid hamda “Xalq banki” tomonidan pensiyalarni naqd pul shaklida to‘lash bilan bog‘liq xizmatlar fuqarolarni biometrik identifikatsiyasi hamda ularning imzosini elektron shaklda olish orqali amalga oshiriladi.

Piskent tumani Adliya bo‘limi

Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

bosh yursikonsulti                                                                             R.A.Mavlonov