Янгиликлар
Ota-onalik huquqidan mahrum qilish
Ota-onalik huquqidan mahrum qilish
Ota-ona (ulardan biri) quyidagi hollarda:
Ota-onalik majburiyatlarini bajarishdan bosh tortsa, shu jumladan aliment to‘lashdan bo‘yin tovlasa;
Uzrsiz sabablarga ko‘ra o‘z bolasini tug‘uruqxona yoki boshqa davolash muassasasidan, tarbiya, aholini ijtimoiy himoyalash muassasasi va shunga o‘xshash boshqa muassasalardan olishdan bosh tortsa;
Ota-onalik huquqini suiiste’mol qilsa, bolalarga nisbatan shafqatsiz muomalada bo‘lsa, jumladan jismoniy kuch ishlatsa yoki ruhiy ta’sir ko‘rsatsa;
Muttasil ichkilikbozlik yoki giyohvandlikka mubtalo bo‘lgan bo‘lsa;
O‘z bolalarining hayoti yoki sog‘lig‘iga yoxud eri (xotini)ning hayoti yoki sog‘lig‘iga qarshi qasddan jinoyat sodir qilgan bo‘lsa, ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi mumkin.
Piskent tumani Adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
bosh yursikonsulti R.A.Mavlonov