Янгиликлар
Qisqartirilgan va to‘liqsiz ish vaqtida mehnatga haq to‘lash
Qisqartirilgan va to‘liqsiz ish vaqtida mehnatga haq to‘lash
Qisqartirilgan ish vaqti sharoitlarida band bo‘lgan xodimlarning ish haqi normal ish vaqti uchun belgilangan to‘liq hajmda to‘lanadi.
O‘quv yili davomida o‘qishdan bo‘sh vaqtida ishlaydigan o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarning mehnatiga haq to‘lash ishlab berilgan vaqtga mutanosib ravishda yoki ishlab chiqargan mahsulotiga qarab amalga oshiriladigan hollarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
To‘liqsiz ish vaqtida (to‘liqsiz ish kuni, to‘liqsiz ish haftasi, to‘liqsiz ish kunining va to‘liqsiz ish haftasining qo‘shilishi) ishlaydigan xodimlarning mehnatiga haq to‘lash ishlab berilgan vaqtiga mutanosib ravishda yoki haqiqatda ishlab chiqargan mahsulotiga qarab amalga oshiriladi.
Piskent tumani Adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
bosh yursikonsulti R.A.Mavlonov